«yer savdosi» tegli maqolalar


Toshkent va Buxoro viloyatlarida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi
16 aprel 2024, 12:13

Toshkent va Buxoro viloyatlarida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi

DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan.

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda
21 sentabr 2023, 11:59

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda

DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.

Qoraqalpog‘istonda fermer 620 gektarni $400 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib berishga uringani aytilmoqda
16 iyun 2023, 11:48

Qoraqalpog‘istonda fermer 620 gektarni $400 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib berishga uringani aytilmoqda

Qoraqalpog‘istonda fermer mansabdor tanishlari orqali jami 620 gektar yerni $400 mingga fuqaro nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani, pulning yarmini olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Qashqadaryoda erkak o‘g‘liga tegishli korxonaning 30 sotix yerini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
4 may 2023, 10:49

Qashqadaryoda erkak o‘g‘liga tegishli korxonaning 30 sotix yerini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Qashqadaryoda ota o‘g‘lining nomidagi xususiy korxonaning 30 sotix yerini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Samarqand va Sirdaryoda ham fuqarolar xo‘jalik yerini noqonuniy sotayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Hozirda holatlar bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
28 yanvar 2023, 11:13

Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Sirdaryoda 2 fuqaro viloyat hokimligi bayonnomasi asosida vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Ular xaridordan oldingan kelishigan 20 ming dollarni olayotganda ushlandi.

Surxondaryoda 1 gektar yerni $100 ming evaziga sotishda gumonlangan shaxs ushlandi
24 noyabr 2022, 14:50

Surxondaryoda 1 gektar yerni $100 ming evaziga sotishda gumonlangan shaxs ushlandi

Surxondaryoning Denov tumanida yashovchi fermer xo‘jaligi raisi tasarrufida bo‘lgan 1 gektar yerni boshqa fuqaroga 100 ming dollar evaziga sotishga kelishib, oldindan 20 ming dollar olganda qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda 2 shaxs 1,12 gektar yerni $120 mingga sotishda gumonlanib ushlandi
15 noyabr 2022, 11:56

Buxoroda 2 shaxs 1,12 gektar yerni $120 mingga sotishda gumonlanib ushlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ikki fuqaro yerni noqonuniy sotishga uringan vaqtda gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Shuningdek, Samarqand, Olmaliq va Marhamatda ham yerni g‘ayriqonuniy ravishda sotishga urinish aniqlandi.

Toshkent viloyatida 32 sotix yerni $29 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
25 oktabr 2022, 11:23

Toshkent viloyatida 32 sotix yerni $29 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Yangiyo‘lda 32 sotix yerni $29 ming evaziga sotishda gumonlanayotgan shaxslar aniqlandi. Ulardan biri tuman Kadastlar palatasi muxandisi ekanligi aytilmoqda. Andijonda esa fuqaro 3,5 gektar yerni auksionda yutib berishni va’da qilib, $1000 olganda ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ko‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting